O‘zA O`zbek

31.05.2020 Chop etish versiyasi

Oʻzbekistonning yirik kinostudiyalari birlashib, yangi assotsiatsiyaga asos solishdi

Oʻzbekistonning yirik kinostudiyalari birlashib, yangi assotsiatsiyaga asos solishdi

Mamlakatimizning 10 ta yirik kinostudiyalari “Oʻzbekiston kino ishlab chiqaruvchilar assotsiatsiyasi”ni tashkil etishdi.

Assotsiatsiya joriy yilning 26-may kuni Adliya vazirligi tomonidan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan.

Assotsiatsiya aʼzolari boʻlgan kinostudiyalar va ijodiy jamoalar faoliyatini har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, ularning manfaatlarini himoya qilish, kinematografiya sohasida tadbirkorlikni rivojlantirish, kino ishlab chiqaruvchilar oʻrtasida sogʻlom raqobat muhitini shakllantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratilishini taʼminlash kabilar uning maqsadlari sirasiga kiradi.

Shuningdek, assotsiatsiya taʼsischilari milliy manfaatlarga mos keladigan sifatli kino mahsulotlarini ishlab chiqarishdagi mavjud muammolarni hal etishga doir tashabbuslar bilan chiqish hamda kinematografiyani rivojlantirish konsepsiyasini ishlab chiqishda davlat boshqaruv organlariga takliflar kiritish, milliy kino sanʼatining eng yaxshi anʼanalarini izchil davom ettirish va boyitish maqsadida iqtidorli yosh kino ishlab chiqaruvchilarni tarbiyalash va ularning ijodiy imkoniyatlarini roʻyobga chiqarishga koʻmaklashish kabi vazifalarni amalga oshirish niyatida. 


10 504
O'zA