O‘zA O`zbek

12.06.2019 12:50 Chop etish versiyasi

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Gulbahor Yo‘ldosheva vafot etdi

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Gulbahor Yo‘ldosheva vafot etdi

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, kino, teatr va televideniedagi faoliyati bilan tanilgan Gulbahor Yo‘ldosheva vafot etdi. 

Gulbahor Yo‘ldosheva uzoq yillar davomida O‘zbek milliy akademik teatrida faoliyat ko‘rsatgan. U «Kechikkan hayot» (2010), «Haqiqat kuni» (2011), «Afg‘on» (2012), «O‘gay ona» (2012), «Kutilmagan qo‘ng‘iroq» (2012), «Turist» (2013) va «Ko‘rgim keladi» (2014) filmlari, ayniqsa, «Tutash taqdirlar» seriali orqali tomoshabinlar qalbidan chuqur joy olgan. 2012 yilda O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist unvonini olgan. Gulbahor Yo‘ldosheva rejissyor Bahodir Yo‘ldoshevning rafiqasi, aktyor Bobur Yo‘ldoshevning o‘gay onasi.

Gulbahor Yo‘ldoshevaning oila a’zolariga va yaqin qarindoshlariga chuqur hamdardlik birdiriladi. 

O‘zA
8 361