O‘zA O`zbek

27.02.2020 Chop etish versiyasi

O‘zbekistonda Muxtor Ashrafiy nomidagi ijod maktabi tashkil etiladi

O‘zbekistonda Muxtor Ashrafiy nomidagi ijod maktabi tashkil etiladi

Vazirlar Mahkamasining “Buxoro shahrida Muxtor Ashrafiy nomidagi ijod maktabini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e’lon qilindi.

Hujjat loyihasida ijod maktabi o‘zbek va jahon musiqa san’ati rivojiga ulkan hissa qo‘shgan mashhur kompozitor, dirijyor, mahoratli pedagog hamda o‘zbek musiqa san’ati asoschilaridan biri Muxtor Ashrafiy izdoshlarini kashf etish va ularning o‘z iste’dodlarini keng namoyon qilishlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratish maqsadida tashkil etilishi aytib o‘tilgan.

Maktabni qurish uchun Buxoro shahar A.G‘ijduvoniy ko‘chasi hududidan yer maydoni ajratiladi.

Loyihada keltirilishicha, 2020-2021 o‘quv yilida maktabning musiqa hamda ona tili va adabiyoti yo‘nalishlariga 7-8-9-10-sinflariga hamda 2021-2022 o‘quv yilidan boshlab 7-sinfiga 20 nafardan o‘quvchi tanlov asosida qabul qilinadi.

Ijod maktabi uchun 200 o‘rinli maktab binosi va uning 200 o‘rinli yotoqxona binosini qurilib jihozlanadi. 

Maktab yotoqxona, oshxona, kutubxona, faollar zali, xor, musiqa xonalari va o‘quv-laboratoriya jihozlari hamda kompyuter texnikasi bilan ta’minlanadi.

Maktabga iqtidorli o‘quvchilarni saralab olish maqsadida musiqa va adaiyot yo‘nalishlarida ijodiy tanlov, tegishli fanlaridan test sinovi va psixologik-pedagogik diagnostika o‘tkaziladi.

2 670
O‘zA