O‘zbekiston Milliy axborot agentligi

12.09.2018 16:16 Chop etish versiyasi

Oʻzbekistonda Markaziy Osiyoda birinchi marta abstrakt-elektron musiqa festivali oʻtkaziladi

Oʻzbekistonda Markaziy Osiyoda birinchi marta abstrakt-elektron musiqa festivali oʻtkaziladi
Moʻynoqda Markaziy Osiyoda birinchi marta “Stixiya” nomli abstrakt-elektron musiqa festivali oʻtkaziladi

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 30-apreldagi yigʻilish bayoni ijrosini taʼminlash maqsadida Toshkent shahridagi “CENTIL” advokatlik firmasi tashabbusi bilan joriy yilning 14-15-sentyabr kunlari BMTning Taraqqiyot dasturi koʻmagida Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Moʻynoq shahrida Markaziy Osiyoda birinchi marta “Stixiya” nomli abstrakt-elektron musiqa festivali oʻtkazilishi rejalashtirilgan.

Festivalga AQSH, Isroil, Turkiya, Germaniya kabi 10 dan ortiq davlatdan xorijiy sayyohlar tashrifi kutilmoqda. Shuningdek, National Geographic, Calvert, Mixmag Russia, Tablet, Pervыy kanal va boshqa xorijiy OAV tomonidan mazkur tadbir yoritilishi koʻzda tutilgan.

Mazkur abstrakt-elektron musiqa festivali Oʻzbekiston Milliy axborot agentligining rasmiy veb-sayti (uza.uz)da keng yoritilishi rejalashtirilgan. Saytimizni kuzatib boring!

OʻzA