O‘zA O`zbek

15.02.2019 Chop etish versiyasi

Oʻzbekiston tasviriy va amaliy sanʼati Mannhaymda namoyish etilmoqda

Oʻzbekiston tasviriy va amaliy sanʼati Mannhaymda namoyish etilmoqda

Bugun Germaniyaning Mannhaym shahrida Oʻzbekiston tasviriy va amaliy sanʼati namoyishiga bagʻishlangan koʻrgazma oʻz ishini boshladi.

Germaniyadagi “OPASCA GOS” kompaniyasi va uning mamlakatimizdagi vakolatxonasi tomonidan tashkil etilgan tadbir ikki davlat oʻrtasidagi madaniy aloqalarni mustahkamlashga qaratilgan. Ayniqsa, bunday munosabatlarda tasviriy va amaliy sanʼat namoyondalarining ijodiy faoliyati alohida oʻrin egallaydi.

d46e0adc-cc1c-4096-83a8-12a6e57eca30.jpg

b47c713a-f50d-4eb5-a9f2-3031554b34f9.jpg

Koʻrgazma ekzpozitsiyasidan taniqli rassomlar Mariya Korovina, Muhammad Fozil va Murod Fozilning ijod namunalari joy olgan.

– Maqsadimiz nafaqat Oʻzbekiston tasviriy sanʼati, balki amaliy sanʼat, hunarmandchilik va dizayn yoʻnalishlarida yaratuvchanlikni targʻib qilish, nemis xalqini bu zaminning oʻziga xos milliy udumlari singdirilgan asarlardan bahramand etishdir, – dedi mazkur loyiha tashkilotchisi Lev Sverdlov. – Koʻrgazmada qirqdan ortiq tasviriy sanʼat asarlari taqdim etilmoqda. Oʻylaymanki, bunday ijodiy hamkorlik yangi asarlar yaratilishiga turtki boʻladi.

4627632f-6052-41c7-9bf4-fc7dbee218ee.jpg

713ecc77-4a0f-4686-ab6a-81f2e3f12a8a.jpg



3 158
Nasiba Ziyodullayeva, OʻzA