Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

18.08.2017 20:59 Chop etish versiyasi

O‘zbekiston Badiiy akademiyasi Ikuo Xirayama xalqaro madaniyat karvon saroyida navbatdagi ko‘rgazma

O‘zbekiston Badiiy akademiyasi Ikuo Xirayama xalqaro madaniyat karvon saroyida navbatdagi ko‘rgazma Vatanni ulug‘lash, uning tengsiz va yagona ekanini his etib yashash har birimiz uchun katta baxt. Eng ulug‘, eng aziz bayramimiz – Mustaqillik tantanalari arafasida Vatan va istiqlol so‘zlari zamirida ulug‘ hikmat borligini qayta-qayta ta’kidlasak arziydi. Bunday ulug‘ kunlarda yozuvchi va shoirlar, musavvirlar ona yurtga bo‘lgan chin mehri va sadoqatini ijodiy ishlarida tasvirlashga oshiqadi...

O‘zbekiston Badiiy akademiyasi Ikuo Xirayama xalqaro madaniyat karvon saroyida san’atsevarlarga taqdim etilayotgan “Yurtim shamoli” shaxsiy ko‘rgazmasini ham Muhammad Rustamov, No‘mon va Abdulla Xolmirzayevlarning istiqlol shodiyonalari oldidan ona zamin va tabiat go‘zalliklariga bo‘lgan haqiqiy ko‘ngil izhori deyish mumkin.

Ko‘rgazmaga kelgan rassomlar, san’atshunoslar, jurnalistlar, tasviriy san’at ixlosmandlari aziz va muqaddas go‘shaning qishu yozi, bahoru kuzi, yomg‘iru shamoli, quyoshi taftidek issiq va mehribon odamlarining tasvirlardagi obrazini tomosha qilish imkoniga ega bo‘ldi.

2 (2).JPG

O‘zbekiston Badiiy akademiyasi Badiiy ijodkorlar uyushmasi mas’ul kotibi B.Obidov, O‘zbekiston xalq rassomi L.Ibragimov va boshqalar mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar hamda tasviriy san’atga qaratilayotgan alohida e’tibor shu sohada mehnat qilayotgan mo‘yqalam sohiblarini serqirra va sermahsul ijod qilishga undayotganini ta’kidladi.

– Musavvirlarning ko‘rgazmaga qo‘yilgan ishlari haqiqatan yuksak did va muhabbat mahsuli, – deydi O‘zbekiston san’at arbobi Otaxon Olloberganov. – Har uchchala ijodkorning o‘z uslubi va yo‘li bor. Buni ularning tasavvur va ichki tug‘yonidan yaralgan asarlarida ham ko‘rish mumkin.

Ko‘rgazmada mualliflarning saksondan ortiq ishi muxlislar e’tiboriga havola etilgan.

Nasiba Ziyodullayeva, Temur Mamadaminov (surat), O‘zA
2 715






Все о погоде - Pogoda.uz