O‘zA O`zbek

06.12.2018 18:48 Chop etish versiyasi

Oʻzbek va koreys sanʼat namoyandalarining qoʻshma konserti

Oʻzbek va koreys sanʼat namoyandalarining qoʻshma konserti Termizda Koreya madaniyati kunlari doirasidagi tadbirlar yuqori saviyada oʻtkazilmoqda.

Tadbir dasturiga koʻra, bugun viloyat markazidagi sanʼat saroyida Koreya Respublikasining “Koryo” raqs ansambli hamda “Boysun” folklor-etnografik xalq ansamblining doʻstlikni ulugʻlovchi qoʻshma konserti boʻlib oʻtdi. Unda oʻzbek va koreys sanʼat namoyandalari tomonidan ijro etilgan xalq qoʻshiqlari, termalar, milliy raqslar barchaga xushkayfiyat ulashdi.

Konsertda Koreya Respublikasining mamlakatimizdagi Favqulodda va muxtor elchisi Kvon Yon U va Surxondaryo viloyati hokimi oʻrinbosari Roʻzimurod Choriyev ishtirok etdi.

8.jpg

10.jpg

17.jpg


Jonibek Qoʻzimurodov (surat), OʻzA
1 015