O‘zA O`zbek

15.10.2018 Chop etish versiyasi

“Oʻzbek tili bilimdoni” aksiyasi tashkil etiladi

“Oʻzbek tili bilimdoni” aksiyasi tashkil etiladi

“21-oktyabr – Oʻzbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun”ning 29 yilligi munosabati bilan Toshkent shahar hokimligi tomonidan “Oʻzbek tili bilimdoni” aksiyasi tashkil etiladi.

Oʻzingiz va qobiliyatingizga ishonasizmi? Unday boʻlsa, “Oʻzbek tili bilimdoni” viktorinamizda ishtirok eting. Jozibador oʻzbek tiliga doir savollarga javob bering. Boy oʻzbek adabiyotining klassik va zamonaviy namoyandalarining sheʼrlarini yod ayting. Sheʼrlarning mazmuni va mohiyatini tushuntirib bering. 

Aksiya joriy yilning 20 oktyabr 11:00 dan 13:00 ga qadar quyidagi manzillarda boʻlib oʻtadi:

• Sayilgoh koʻchasi hududida;

• “Xalqlar doʻstligi” maydonida;

• Gʻafur Gʻulom xiyobonida;

• Talabalar shaharchasida (OʻzMU binosi oldida). 

Unutmang! Aksiya viktorinasida faol ishtirok etganlar qimmatbaho va esdalik sovgʻalar bilan taqdirlanadi.

Toshkent shahar hokimligi 
Matbuot xizmati

4 254
OʻzA