O‘zA O`zbek

06.09.2019 Chop etish versiyasi

O‘zbek raqsini tanitayotgan amerikalik qiz Qo‘qonga keladi

O‘zbek raqsini tanitayotgan amerikalik qiz Qo‘qonga keladi

Xalqaro hunarmandchilik festivali oldidan

O‘zbek raqsini mahorat bilan ijro etadigan amerikalik Tara Pandeya joriy yilning 10-15 sentabr kunlari Qo‘qon shahrida bo‘lib o‘tadigan xalqaro hunarmandchilik festivalida qatnashadi. Uning o‘zi videolavha orqali bu haqda ma’lum qildi.

Bu qiz bolaligidanoq o‘zbek san’atiga qiziqib keladi. Kaliforniyada tug‘ilib, raqqosa ona va san’atsevar ota qo‘lida o‘sgan Tara Sharq madaniyatini o‘rganib kelmoqda. U butun dunyo bo‘ylab o‘zbek va Markaziy Osiyo raqslarini ijro etish bilan birga Londondagi universitetda ilmiy ish ham olib bormoqda.

Boburiylar tarixidan ilhomlangan Tara Hindiston saroylaridagi raqsning O‘zbekistonga qanday bog‘liqligi bo‘yicha ilmiy ishini yakuniga yetkazish arafasida. Tara Pandeya o‘zbek raqsini ijro etish bilan birga jahonga mashhur Cirque de Soleil sirkida ham raqqosa bo‘lib ishlagan. Mashhur raqqosa va xoreograf ayni paytda Buyuk Britaniyada istiqomat qilmoqda.

5 127
Ma’sudjon SULAYMONOV, O‘zA