O‘zA O`zbek

13.02.2019 Chop etish versiyasi

Nazm gulshanining sardori

Nazm gulshanining sardori

Donishmand xalqimizning tuproq insonni aziz qilmaydi, balki inson tuproqni aziz qiladi, degan purmaʼno hikmati bor. Nomi vatanimizga daxldor shunday ulugʻ zotlardan biri mutafakkir ajdodimiz Zahiriddin Muhammad Boburdir.

Respublika bolalar kutubxonasi bobokalonimiz tavalludining 536 yilligiga bagʻishlab Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi Toshkent markaziy eko bogʻida “Nazm gulshani” deb nomlangan aksiya oʻtkazdi.

Bobur sheʼriyati nafaqat intellektual qalb izhori sifatida, balki samimiy, ravonligi bilan oʻquvchini oʻziga jalb qiladi. Ulugʻ bobomiz odob-axloq, insoniy komillik mavzularini oʻz asarlariga chuqur singdirgan. Jahon memuar adabiyotining yuksak choʻqqisi, deb tan olingan “Boburnoma” asariga boʻlgan qiziqish oʻz zamonasidan boshlanib bugungi kungacha soʻnmay kelayotgani ham shundan dalolat.

Kitobxonlarda qiziqish va mulohaza uygʻotish maqsadida aksiyani oʻtkazishga kreativ yondashildi, ularga qiziqarli savollar va shartlar bilan murojaat qilindi. Bobur ijodiga oid savollarga javob bergan va uning ijodidan namunalar aytib bergan ishtirokchilarga Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi Toshkent markaziy eko bogʻi attraksionlaridan bepul foydalanish imkoniyati taqdim etildi, Respublika bolalar kutubxonasi tomonidan esdalik sovgʻalari berildi.

2 961
Ozoda Bekmurodova, Oqil Gʻulomov (surat), OʻzA