Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

06.02.2018 16:20 Chop etish versiyasi

Navosiz ulusning navobaxshi bo‘l

Navosiz ulusning navobaxshi bo‘l
9-fevral – Alisher Navoiy tavalludi kuni 

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasida «Navosiz ulusning navobaxshi bo‘l...» deb nomlangan mushoira kechasi bo‘lib o‘tdi. Unda davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, navoiyshunos olimlar, yozuvchi va shoirlar, tadqiqotchilar, yosh ijodkorlar qatnashdi.

Alisher Navoiy asarlarida el-ulus xizmatida bo‘lishdek sharafli kasbning ahamiyati, xalq manfaatlari har narsadan ustunligi, vafo, sadoqat kabi tuyg‘ular pokligi ta’riflangan. Bu kabi ezgu g‘oyalarni izchil o‘rganish, yoshlarimizning ongu shuuriga chuqur singdirish oqil va bilimli mutaxassislarni, komil insonlarni voyaga yetkazishda muhim omil bo‘ladi.

5.JPG 

Allomaning o‘gitlari yosh avlodda yuksak ma’naviyat, el-yurt taqdiri uchun daxldorlik, vatanparvarlik, bag‘rikenglik kabi ezgu fazilatlarni shakllantiribgina qolmay, jamiyatning har bir jabhasi, turli mutaxassislar uchun juda ahamiyatli.

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining yangi binosida o‘tkazilgan ilk mushoira kechasi so‘z mulkining sultoni Alisher Navoiy ijodiga bag‘ishlangani uchun ham o‘zgacha fayz va ko‘tarinki kayfiyatda o‘tdi. Anjumanda shoir g‘azallaridan, taniqli shoirlarning ijodiy ishlaridan namunalar o‘qildi. 

6.JPG

Navoiy ijodini o‘rganish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar, bu boradagi yangi ilmiy tadqiqotlar, yurtimizda ijodkorlarga berilayotgan keng imkoniyatlar, ularni qo‘llab-quvvatlash maqsadida yaratilayotgan shart-sharoitlar xususida so‘z bordi.

Barno Meliqulova, Yolqin Shamsiddinov (surat), O‘zA
6 397