Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

10.02.2017 15:04 Chop etish versiyasi

Navoiy ijodiga bag‘ishlandi

Poytaxtimizdagi “Gulshan” madaniyat saroyida buyuk mutafakkir Alisher Navoiy hayoti va ijodiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.

Unda buyuk shoirning o‘zbek tili va adabiyoti rivojiga qo‘shgan ulkan hissasi haqida so‘z yuritildi. Allomaning umumbashariyat mulkiga aylangan boy ma’naviy merosi bugun ham yoshlarni har tomonlama barkamol shaxs sifatida tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etadi. Zero, Navoiy asarlarida yuksak ma’naviyat, burch va adolat, ezgulik va go‘zallik kabi abadiy mavzular tarannum etiladi.

Uchrashuvda ishtirokchilar tomonidan ulug‘ ijodkorning g‘azallari, dostonlaridan parchalar, yosh shoirlarning Alisher Navoiyga bag‘ishlab yozgan she’rlari o‘qildi.

– “Farhod va Shirin” dostonini katta qiziqish bilan qayta-qayta o‘qiyman, – deydi 211-umumta’lim maktabining 9-sinf o‘quvchisi Sardor Mo‘minov. – Turli sinov va qarshiliklarni birin-ketin yenggan bosh qahramonlarning ichki kechinmalari va intilishlari yuksak badiiy mahorat bilan bayon etilgani meni hayratga soladi. Buyuk bobomizning bebaho asarlari bizni hamisha ilhomlantirib, ezgulik va adolatga yetaklaydi.

Roman Bondarchuk, O‘zA
1 794






Все о погоде - Pogoda.uz