Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

10.02.2017 18:44 Chop etish versiyasi

Navoiy ijodi va navqiron avlod

Mamlakatimizda buyuk mutafakkir shoir Alisher Navoiy tavalludining 576-yilligiga bag‘ishlangan ma’rifiy tadbirlar, adabiy kechalar, ilmiy anjumanlar, mushoiralar o‘tkazilmoqda.

Ana shunday tadbirlardan biri Toshkent temir yo‘l muhandislari institutida bo‘lib o‘tdi. Unda professor-o‘qituvchilar, yozuvchi va shoirlar, she’riyat muxlislari va talaba-yoshlar ishtirok etdi.

Mamlakatimizda ma’naviyatimizni yuksaltirish, ulug‘ ajdodlarimizning o‘lmas merosini o‘rganish hamda targ‘ib etish, uning mazmun-mohiyatini yoshlarimiz ongu shuuriga singdirishga alohida e’tibor qaratilayotgani ta’kidlandi.

Ma’naviyat va ma’rifatni yuksaltirish, barkamol avlodni voyaga yetkazish, ona tilimiz, milliy adabiyotimiz ravnaqida ulug‘ shoir, mutafakkir Alisher Navoiy ijodining ahamiyati beqiyosdir.

– Buyuk mutafakkirning to‘g‘ri so‘z, ezgu amal va niyat bilan yashamoq zarur, degan o‘gitlari biz, yoshlar uchun ibrat manbaidir, – deydi institut talabasi A’zam Azimov. – Bugungi tadbirda Navoiy bobomiz hayoti va ijodi haqida ko‘plab yangi ma’lumotlarga ega bo‘ldik. Ulug‘ shoir asarlarini turli shaklda nashr etish ko‘lamining kengaygani biz, yoshlarning bu bebaho merosdan yanada ko‘proq bahramand bo‘lishimizga keng imkon yaratmoqda.

Tadbirda talabalar tomonidan sahna ko‘rinishlari ijro etildi, buyuk bobokalonimizning inson baxt-saodati, farovonligi, sadoqat va vafo kabi yuksak fazilatlar tarannum etilgan g‘azallaridan namunalar o‘qildi.

Shahnoza Mamaturopova, O‘zA
2 599






Все о погоде - Pogoda.uz