Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

07.12.2017 14:27 Chop etish versiyasi

Mo‘yqalamda Samarqand tasviri

Mo‘yqalamda Samarqand tasviri Bosh qomusimiz qabul qilinganining 25 yilligi munosabati bilan O‘zbekiston Badiiy akademiyasi Markaziy ko‘rgazmalar zalida O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi Grigoriy Ulkoning "Samarqandiya” deb nomlangan retrospektiv ko‘rgazmasi ochildi.

O‘zbekiston Badiiy akademiyasi bosh ilmiy kotibi F.Obidjonova, O‘zbekiston xalq rassomi V.Burmakin, Ukrainaning mamlakatimizdagi Favqulodda va muxtor elchisi Yu.Savchenko va boshqalar o‘zining serqirra ijodi bilan tasviriy san’at tarixida o‘chmas iz qoldirgan Grigoriy Ulkoning asarlari san’at ahli, xususan, bu yo‘nalishda izlanayotgan yoshlarning ijodiy faoliyati va o‘z uslubiga ega bo‘lishida muhim manba bo‘lib xizmat qilayotgani xususida so‘z yuritdi.

9.JPG

Ko‘rgazmaga qo‘yilgan asarlarda Samarqand shahriga, uning tarixiga bo‘lgan havas va mehrni ko‘rish mumkin. “Shohi Zinda”, “Bibixonim”, "Afrosiyob", "Samarqand. Oy", "Samarqandda tong", "Sherdor", "Registon" kabi chizmalardagi jozibadan musavvirning ichki tuyg‘ularini sezish qiyin emas. Ikki yuzdan ortiq asarni tashkil etgan ekspozitsiyada portretlar, manzaralar, akvarel namunalar, fotolar, monumental loyihalar eskizlari, xat va matnlar mavjud. Shuningdek, Buxoro obidalari, Orol ko‘rinishlari, olam, makon va vaqtning rassom mo‘yqalamidagi falsafasi bilan ham retrospektiv namoyishda tanishasiz.

– Ekspozitsiya direksiya fondi va rassomning oilaviy arxividan olingan, – deydi Badiiy ko‘rgazmalar direksiyasi ilmiy xodimi D.Usmonova. – Asarlarni joylashtirish, ularning yaratilish tarixini o‘rganishda Grigoriy Ulkoning farzandlari, yaqinlari va do‘stlari bilan birga ishladik. E’tiborli jihati, ko‘rgazmaning mavzusi juda boy va qiziqarli. Bu esa tomoshabinlarda katta qiziqish uyg‘otmoqda.

Nasiba Ziyodullayeva, Oqil G‘ulomov (surat), O‘zA
492






Все о погоде - Pogoda.uz