Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

07.03.2017 16:17 Chop etish versiyasi

Farg‘onada milliy liboslar ko‘rik-tanlovi bo‘lib o‘tdi

Farg‘onada milliy liboslar ko‘rik-tanlovi bo‘lib o‘tdi Farg‘onada viloyat xotin-qizlar qo‘mitasi, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati viloyat kengashi tomonidan “Milliy libos–ma’naviyat ko‘zgusi” deb nomlangan ko‘rik-tanlov bo‘lib o‘tdi. Unda hududiy saralash bosqichlarida g‘olib bo‘lgan jamoalar o‘zaro bahslashdi.

Mamlakatimizda jismonan sog‘lom, ma’nan yetuk avlodni tarbiyalash, ularning zamonaviy bilim va kasb-hunarlarni puxta egallashi uchun barcha sharoit yaratilmoqda. Bugungi globallashuv davrida yosh avlodni turli ma’naviy tahdidlardan asrash, vatanparvarlik, istiqlol g‘oyalariga sadoqat va milliy qadriyatlarimizga hurmat ruhida tarbiyalash dolzarb ahamiyat kasb etmoqda.

Birinchi Prezidentimizning 2014-yil 6-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori ijrosi doirasida o‘tkazilgan tanlov milliy qadriyatlarimizni rivojlantirish, yoshlarda milliy liboslarimizga hurmat tuyg‘usini mustahkamlash, kiyinish madaniyatini yuksaltirish, hunarmandlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.

– Mazkur tanlov yoshlarimiz ongi va qalbiga milliy ma’naviyatimiz, urf-odat va qadriyatlarimizni yanada keng singdirishda amaliy ahamiyat kasb etadi, – deydi “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati viloyat kengashi raisi Sherzod Polvonov. – Atlas, adras, beqasam singari milliy matolardan tikilgan liboslar har qanday kishining havasini keltiradi. Jamoalar bugun turli shartlar orqali milliy liboslarimiz, ularning ahamiyatini ochib berdi.

Tadbir doirasida umumta’lim maktablari va kasb-hunar kollejlari qoshida faoliyat ko‘rsatayotgan to‘garaklarda, mahallalarda yakka tartibdagi tadbirkorlik bilan shug‘ullanayotgan tikuvchi xotin-qizlar tomonidan tikilgan liboslar namoyish etildi.

Farg‘ona shahrining “Banoras” jamoasi birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi va tashkilotchilarning sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Ma’sudjon Sulaymonov, Muqimjon Qodirov (surat), O‘zA
2 044






Все о погоде - Pogoda.uz