Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

08.02.2017 18:38 Chop etish versiyasi

Milliy iftixorimiz ramzi

Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetida bo‘lib o‘tgan "Alisher Navoiy ijodi – milliy ma’naviyatimiz xazinasi" mavzuidagi adabiy tadbirda buyuk mutafakkir hayoti, ijodi, ibratli faoliyatining yoshlar tarbiyasidagi o‘rni va ahamiyati xususida so‘z yuritildi.

Universitet rektori A.Marahimov, navoiyshunos olimlar S.Olimov, H.Boltaboyev, O‘zbekiston xalq artisti S.Umarov va boshqalar Navoiy asarlari insonparvarlik, ezgulik, tinchlikparvarlik kabi yuksak g‘oyalar bilan yo‘g‘rilganini ta’kidladi.

– Navoiy millatimizning sha’ni, shukuhi, baxti, faxru-iftixoridir, – deydi adabiyotshunos A.Alimbekov. – Buyuk bobokalonimizning boy merosidan ma’naviy kamolot, odob-axloq, ilm-fan, falsafa kabi turli mavzulardagi savollarga aniq javob olish mumkin.

Tadbirda talabalar o‘zbek va xorijiy tillarda Navoiy g‘azallaridan namunalar o‘qidi.

Nazokat Usmonova, O‘zA
1 261






Все о погоде - Pogoda.uz