Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

13.02.2017 19:36 Chop etish versiyasi

Zahiriddin Bobur tavalludiga bag‘ishlangan milliy hunarmandlik ko‘rgazmasi ochildi

Poytaxtimizda Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludiga bag‘ishlangan dekorativ amaliy san’at ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda ta’kidlanganidek, Bobur o‘zining shoh asari – “Boburnoma”da o‘z davrining urf-odat va an’analari bilan bir qatorda hunarmandlarning davlat va jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni haqida batafsil ma’lumotlar keltirgan.

Ko‘rgazmada xalq hunarmandligi an’analarini davom ettirayotgan ustalar, jumladan, Rishton kulolchilik, Buxoro zardo‘zlik va milliy libos maktablari vakillari ishtirok etdi.

– Biz mamlakatimizda ishlab chiqarilayotgan tabiiy matolardan keng foydalanamiz, shu sababli mahsulotlarimiz qulay, ixcham va sifatli, – deydi milliy libos ustasi Rasul Yahyoyev. – O‘zbekiston va xorijiy mamlakatlarda o‘tkaziladigan ko‘rgazma va yarmarkalarda faol qatnashishga harakat qilamiz. Yaqinda Hindistonda bo‘lib, o‘zbek milliy liboslari va kashtachilik namunalarini namoyish etdik. Hindistonlik mutaxassislar va tadbirkorlar mahsulotlarimizga katta qiziqish bildirib, hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yishni taklif etdi.

Ko‘rgazma doirasida mahorat darslari tashkil etildi. Ishtirokchilar tasviriy san’at, ganchkorlik va kashtado‘zlikda o‘zini sinab ko‘rish imkoniga ega bo‘ldi.

Tadbirda Zahiriddin Muhammad Bobur asarlaridan parchalar o‘qildi.

Roman Bondarchuk, O‘zA
2 125






Все о погоде - Pogoda.uz