O‘zA O`zbek

06.12.2018 19:01 Chop etish versiyasi

“Men elimning yuragida yashayman”

“Men elimning yuragida yashayman” Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasida Hamid Olimjon xotirasiga bagʻishlangan “Men elimning yuragida yashayman” nomli adabiy kecha boʻlib oʻtdi.

Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, Yozuvchilar uyushmasi, Madaniyat va sanʼat koʻrgazmasi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Uspenskiy nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan musiqa akademik litseyi hamkorligida tashkil etilgan tadbirda uyushma aʼzolari, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, ijodkorlar, adabiyotshunoslar, iqtidorli yoshlar hamda jurnalistlar ishtirok etdi.

Tadbirda soʻzga chiqqanlar mamlakatimizda jamiyat hayotida ezgu qadriyat va anʼanalarni qaror toptirish, yoshlarda kitobxonlik madaniyatini oshirishga alohida eʼtibor qaratilayotganini taʼkidladi.

Mazkur tadbir Prezident Shavkat Mirziyoyevning joriy yil 5-apreldagi “Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorida belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash hamda ulugʻ shoir xotirasini yod etishga bagʻishlandi.

Tadbirda shodlik va baxt kuychisi, isteʼdodli shoir, dramaturg, olim, davlat va jamoat arbobi Hamid Olimjon qisqa umri davomida yozib qoldirgan adabiy meros bugun ham xalqimiz tomonidan sevib oʻqilishi eʼtirof etildi.

Atoqli shoir Hamid Olimjonning“Koʻklam”, “Tong shabadasi”, “Olov sochlar”, “Poyga”, “Oʻlim yovga”, “Daryo kechasi”, “Sheʼrlar”, “Oʻlka”, “Oygul va Baxtiyor”, “Baxt”, “Qoʻlingga kurol ol!”, “Ona va oʻgʻil”, “Ishonch” sheʼriy toʻplamlari chop etilgan.

Shuningdek, shoir N.Ostrovskiyning “Poʻlat qanday toblandi” romani va A.Pushkin, L.Tolstoy, V.Mayakovskiy, T.Shevchenkokabi shoir-yozuvchilarning asarlarini oʻzbek tiliga tarjima qilgan.

Tadbirda adib hayoti va ijodi haqida batafsil maʼlumot berildi,sheʼrlaridan namunalar oʻqildi. Shoir hayoti va ijodiga bagʻishlangan foto va kitob koʻrgazmalari ham tashkil etildi.

photo5208597434060614570.jpg

photo5208597434060614571.jpg

photo5208597434060614572.jpg



Gulnoza Boboyeva, OʻzA
1 046