O‘zA O`zbek

20.02.2019 Chop etish versiyasi

Mashhur kompozitor ijodi tomoshabinlar eʼtirofda

Mashhur kompozitor ijodi tomoshabinlar eʼtirofda

Oʻzbekiston davlat konservatoriyasida “Musiqa – doʻstlikni mustahkamlaydi” mavzusida mashhur latish kompozitori Emils Melngaylis ijodiga bagʻishlangan madaniy anjuman oʻtkazildi.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan doʻstlik aloqalari qoʻmitasi, “Oʻzbekiston – Latviya” va “Oʻzbekiston – Litva” doʻstlik jamiyatlari tomonidan tashkil qilingan tadbirda musiqa doʻstlik aloqalarini mustahkamlashda asosiy vosita ekani alohida taʼkidlandi.

photo5433952108928936539.jpg

Anjumanda Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan doʻstlik aloqalari qoʻmitasi raisi oʻrinbosari Kamoliddin Ishanxoʻjayev va Latviya Respublikasining Oʻzbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Mixails Popkovs soʻzga chiqib, xalqlarimiz oʻrtasidagi koʻp yillik doʻstona munosabatlar madaniy-maʼrifiy aloqalarning yanada mustahkamlanishiga xizmat qilayotganini taʼkidladi. 2014 yilda ham mamlakatimizda E.Melngayls ijodiga bagʻishlab konsert oʻtkazilgan boʻlib, tomoshabinlar eʼtirofiga sazovor boʻlgan edi.

photo5433952108928936540.jpg

Konservatoriya qoshidagi “Xor Kapellasi” guruhi va talabalar buyuk kompozitor ijodidan namunalar ijro etdi.

2 934
A.Musayev, OʻzA