Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

06.02.2017 18:26 Chop etish versiyasi

Xalqimiz ma’naviy yuksalishiga g‘oyat kuchli ta’sir ko‘rsatgan buyuk ijodkor

Poytaxtimizdagi «Chinobod» sanatoriyasida Alisher Navoiy tavalludi kuni munosabati bilan madaniy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.

O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasining Toshkent shahar hamda Yunusobod tumani kengashlari hamkorligida tashkil etilgan adabiy kechada istiqlol yillarida Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida jahon madaniyati, ilm-fani, ma’rifati ravnaqiga ulkan hissa qo‘shgan ajdodlarimiz nomini tiklash, jumladan, Alisher Navoiy ijodini keng o‘rganish va targ‘ib etish, u ilgari surgan ezgu g‘oyalarni yoshlar ongiga singdirishga alohida e’tibor qaratilgani ta’kidlandi.

Bu ezgu ishlar Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan izchillik bilan davom ettirilmoqda. Prezidentimizning 2017-yil 12-yanvardagi «Kitob mahsulotlarini chop etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ibot qilish bo‘yicha komissiya tuzish to‘g‘risida»gi farmoyishi xalqimiz, ayniqsa, yosh avlodda kitobxonlik madaniyatini shakllantirishga, ajdodlarimizning boy ma’naviy me’rosidan bahramand bo‘lishga xizmat qilayotir.

Navoiy asarlari xalqimizning ma’naviy xazinasiga aylangan bo‘lib, undagi ezgu g‘oyalar yoshlar qalbi va ongiga ona yurtga muhabbat, istiqlolga sadoqat tuyg‘ularini singdirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

– Alisher Navoiy o‘zbek xalqi ma’naviyati yuksalishiga g‘oyat kuchli ta’sir ko‘rsatgan, insoniylik, tinchliksevarlik, yurtparvarlik, ma’rifatparvarlik g‘oyalarini tarannum etgan buyuk ijodkordir, – deydi O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Yunusobod tumani kengashi raisi Nigora Eshmetova. – Shoir asarlarini o‘qish-o‘rganish xalqimizni ana shunday qadriyatlar ruhida kamol toptiradi.

Tadbirda Navoiy g‘azallaridan namunalar o‘qildi.

Mohigul Qosimova, O‘zA
2 930






Все о погоде - Pogoda.uz