O‘zA O`zbek

15.09.2019 Chop etish versiyasi

Kuzning oyog‘idir soat millari...

Kuzning oyog‘idir soat millari...


KUZ

Kuz keldi, 
Yodimga kelgan ash’orday,
Kuz keldi so‘roqlab xotiralarni.
Bag‘rim butun edi - chalinmasdi nay,
Bugun tushunaman notalarini.

Kuz kirdi, 
Ul nayning teshiklaridan,
Kuz kirdi, so‘roqlab “Cho‘li iroq”ni.
Kecha qizg‘onardim bahorni juda,
Mehmon qilolaman bugun firoqni.

Kuz tushdi, 
Vaqtning zinalaridan,
Kuz tushdi, o‘ynatib sariq tillarin.
Eshitilar “chiq-chiq” - qadam tovushi,
Kuzning oyog‘idir soat millari...

Shodi OTAMUROD


3 995
O'zA