O‘zA O`zbek

02.07.2018 13:07 Chop etish versiyasi

Ko‘rgazmada “birinchi hayoti so‘ngan” narsalarning “ikkinchi hayoti”

Ko‘rgazmada “birinchi hayoti so‘ngan” narsalarning “ikkinchi hayoti” Toshkent Fotosuratlar uyida Stella Polare taxallusi bilan ijod qilib kelayotgan Hulkar Yunusovaning “Recycle” nomli shaxsiy ko‘rgazmasi ochildi.

H.Yunusova ayni paytda Fransiyada yashab ijod qiladi. Asli kasbi iqtisodchi. U Fransiyada 7 yil dorishunoslik sanoatida ishladi. Ijodkor Fransiya, Rossiyaning qator shaharlarida o‘zining shaxsiy ko‘rgazmalarini namoyish etib kelmoqda.

Uning navbatdagi “Recycle” (qayta ishlash) nomli shaxsiy ko‘rgazmasi ekologik muammolarni bartaraf etishga qaratilgani bilan ahamiyatlidir. Tashlandilardan turli buyumlar yasash orqali “birinchi hayoti so‘ngan” narsalarni “jonlantirish” mumkinligini isbotlaydi.

H.Yunusova asarlarida narsa buyumlarning evrilishi, ularni qayta ishlash orqali ikkinchi hayotga qaytarish mumkinligini o‘z falsafasi orqali rang-tasvirlarda, buyumlarda isbotlashga harakat qiladi. Uning ijodi tomoshabinlarni chuqur mushohadaga chorlash bilan birga, estetik zavq bag‘ishlaydi.

_DSC0024.JPG

_DSC0038.JPG

_DSC0036.JPG

_DSC0056.JPG

_DSC0073.JPG

_DSC0086.JPG

_DSC0072.JPG

_DSC0093.JPG

_DSC0096.JPG

_DSC0107.JPG

_DSC0116.JPG

_DSC0131.JPG

_DSC0135.JPG

_DSC0148.JPG







Yoqub Melibayev (Surat) O‘zA
5 507