Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

15.02.2017 12:04 Chop etish versiyasi

“Kitob olami”da nazm va navo kechasi

Poytaxtimizdagi "Kitob olami" ma’naviy-ma’rifiy savdo majmuasida milliy ma’naviyatimizning buyuk namoyandalari Alisher Navoiy hamda Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludi kunlariga bag‘ishlab adabiy-musiqiy kecha bo‘lib o‘tdi.

Mazkur majmuada mamlakatimizdagi nashriyot uylari va xorijiy matbaa korxonalari tomonidan nashr etilgan minglab kitoblar, jumladan, Navoiyning 10 jildlik asarlari, Boburning “Boburnoma”si va devonlari kitobsevarlarga taqdim etilmoqda.

Yoshlar o‘rtasida kitobxonlikni targ‘ib etish, ularning kitobga bo‘lgan muhabbati, mutolaaga bo‘lgan ishtiyoqini oshirish borasida turli loyihalar, aksiyalar, kitob yarmarkalari tashkil etish yaxshi an’anaga aylangan majmuada galdagi tadbir ham qiziqarli o‘tdi. Kechada adabiyotshunos olimlar, yoshlar ishtirok etdi.

Mamlakatimizda milliy merosimizni tiklash, buyuk ajdodlarimizning insonparvarlik g‘oyalari bilan yo‘g‘rilgan asarlari mazmun-mohiyatini keng yoyish, yoshlarni vatanparvarlik va milliy qadriyatlarimizga hurmat ruhida tarbiyalashga alohida e’tibor qaratilayotgani ta’kidlandi. Filologiya fanlari doktorlari, professorlar H.Boltaboyev, N.Rahmonov yosh kitobxonlarga buyuk mutafakkirlarning hayoti va ijodi borasidagi qimmatli ma’lumotlarni tarixiy dalillar asosida so‘zlab berdi.

Majmuaning "Yosh kitobxon klubi" a’zolari Navoiy va Bobur ijodidan tayyorlagan bahru bayt va Toshkent madaniyat kolleji o‘quvchilari ijrosidagi kuy-qo‘shiqlar kechaga joziba baxsh etdi.

Tadbir so‘nggida “Zukko kitobxon” viktorinasi g‘oliblari aniqlanib, ularga esdalik sovg‘alar topshirildi.

Malohat Husanova, O‘zA
702






Все о погоде - Pogoda.uz