Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

14.03.2017 19:46 Chop etish versiyasi

Kitob – eng yaqin do‘st

Butun insoniyat taraqqiyotida mutafakkirlar muhim o‘rin tutgan. Barcha buyuk shaxslar, olimlar, adiblar o‘z ijodi va tinimsiz mehnati bilan jahon sivilizatsiyasi rivoji, oddiy kitobxon qalbida mutolaa madaniyati va yuksak ma’naviyatni shakllantirishga ulkan hissa qo‘shgan.

Davlatimiz rahbarining 2017-yil 12-yanvardagi "Kitob mahsulotlarini chop etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ibot qilish bo‘yicha komissiya tuzish to‘g‘risida"gi farmoyishi ijrosi doirasida Chet tillarini o‘qitishning innovatsiyaviy metodikalarini rivojlantirish respublika ilmiy-amaliy markazi xodimlari "Birga o‘qiymiz" loyihasini ishlab chiqdi. Loyihadan ko‘zlangan asosiy maqsad, maktab yoshidagi bolalarga xorijiy tillarni o‘rgatishni yanada takomillashtirish, yoshlarning kitob o‘qishga qiziqishini oshirish, ularni kutubxonalarga jalb qilishdan iborat.

"Birga o‘qiymiz" qo‘shma loyihasi doirasida ingliz va nemis filologiyasi fakultetlarining loyihada ishtirok etadigan uchinchi kurs talabalari uchun tanishtiruv seminar mashg‘ulotlari o‘tkazildi. Ularda talabalar chet tilini o‘qitish bo‘yicha "Story telling" innovatsion metodikasi bilan tanishtirildi.

Loyihada belgilangan tadbirlar O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining tegishli kafedralari, Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi, Britaniya Kengashi, Toshkentdagi Gyote instituti hamda hamkor umumta’lim maktablari bilan birgalikda o‘tkazilmoqda.

Viktoriya Lyamkina, O‘zA
2 890






Все о погоде - Pogoda.uz