O‘zA O`zbek

08.11.2019 Chop etish versiyasi

Kinorejissyor: “PROlogue” festivali o‘zining vazifasi va o‘rnini yo‘qotgan“

Kinorejissyor: “PROlogue” festivali o‘zining vazifasi va o‘rnini yo‘qotgan“

Bugun “Milliy kino va yosh ijodkorlar” mavzusida ijodiy anjuman tashkil etildi.

Anjumanda milliy kino va yoshlar, zamonaviy o‘zbek kinosida yosh kadrlar muammosi va uning yechimi, zamonaviy kinoda rassomning roli, o‘zbek kinosida prodyuserlik faoliyati va uning istiqbollari, kinoda ovoz va musiqiy bezak kabi mavzular muhokama qilindi.

Unda kinorejissyor Sarvar Karimov ham so‘zga chiqib, “PROlogue” festivali xususida to‘xtalib o‘tdi.

– “PROlogue” festivali boshlovchi kinoijodkorlar, talabalar uchun katta imkoniyatlar maydoni edi. Lekin o‘tgan yildan boshlab, qisqa metrajli filmlar emas, to‘la metrajli filmlar festivaliga aylanib, o‘z yo‘nalishini o‘zgartirdi. Yoshlar uchun nominatsiyalar ham kamaytirilgan. Bu festival o‘zining o‘rni, vazifasini yo‘qotgan festival. Men istardimki, festival yana avvalgi holatiga qaytarilsa, talabalar, boshlovchi ijodkorlar uchun yaxshi stimul bo‘lardi. Kino – jamoaviy ijod. Shuning uchun yoshlarni qo‘llab-quvvatlash kerak. Turli janrlarda tajriba qilib ko‘rish uchun ham imkoniyat berish kerak.

581
O‘zA