Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

09.02.2017 18:25 Chop etish versiyasi

Buyuk shoirga ehtirom

Buyuk shoirga ehtirom Navoiy shahridagi 1-ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktabida buyuk mutafakkir Alisher Navoiy tavalludining 576-yilligiga bag‘ishlab uslubiy-amaliy seminar o‘tkazildi.

Unda Alisher Navoiy hayoti va ijodi, yuksak insonparvarlik g‘oyalari bilan yo‘g‘rilgan asarlarining yosh avlod tafakkurini boyitishdagi o‘rni xususida so‘z yuritildi.

O‘quvchilar tomonidan shoir g‘azallaridan namunalar o‘qildi, ularga bastalangan kuy-qo‘shiqlar ijro etildi. Asarlari asosida tayyorlangan sahna ko‘rinishlari namoyish etildi. Tadbir doirasida “Alisher Navoiy asarlarida men sevgan qahramon” mavzusida rasmlar ko‘rgazmasi tashkil etildi.

Siroj Aslonov (surat), O‘zA
720






Все о погоде - Pogoda.uz