O‘zA O`zbek

08.11.2019 Chop etish versiyasi

Jahongir Ahmedov: Rejissyorlar, operatorlar, aktyorlar s’yomka maydonida tug‘iladi

Jahongir Ahmedov: Rejissyorlar, operatorlar, aktyorlar s’yomka maydonida tug‘iladi

“O‘zbekkino” milliy agentligi tomonidan “Milliy kino va yoshlar” mavzusida ijodiy anjuman tashkil etildi. Tadbirni agentlik bosh direktorining birinchi o‘rinbosari Shuhrat Rizaev ochib berdi. Shundan so‘ng mavzuga doir muammolar haqidagi videorolik namoyish etildi.

O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti o‘qituvchisi Iqbol Meliqo‘ziev milliy kino va yoshlar mavzusida ma’ruza qildi. Kinorejissyorlar Sarvar Karimov, Jahongir Ahmedov zamonaviy o‘zbek kinosida yosh kadrlar muammosi va uning yechimi mavzusida gapirdi. 

– Hozirgi yoshlarga tezroq kino bilan bog‘lanish imkoniyatini berishimiz kerak, – dedi kinorejissyor Jahongir Ahmedov. – Bugun ularga imkon bermasak, avlodlar orasidagi bo‘shliq hali-beri to‘ldirilmaydi. Kadrlarni faqat O‘zDSMIdan izlayverishimiz noto‘g‘ri, menimcha. Chunki rejissyorlar, operatorlar, aktyorlar s’yomka maydonida tug‘iladi.

Konferensiya davomida kinokadrlarni tayyorlash, bu yo‘nalishdagi ishlarni yangi bosqichga ko‘tarish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”ga takliflar tayyorlash yuzasidan Ishchi guruhlarini shakllantirish va yo‘nalishlarni belgilashga kelishildi. Konferensiya so‘nggida ma’ruzalar bo‘yicha muhokama bo‘ldi, savol-javoblar va takliflar tinglandi.

536
O‘zA