O‘zA O`zbek

16.04.2019 Chop etish versiyasi

Iste’dodli Gulshoda

Iste’dodli Gulshoda

Namangan san’at kolleji o‘quvchisi Gulshodabegim Abdulhamidova Prezidentimiz farmoni bilan joriy yilda Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga sazovor bo‘ldi.

San’atning milliy va akademik ijro yo‘nalishida ijod qiladigan Gulshodabegim bolaligidan turli tadbirlarda, nufuzli tanlovlarda faol ishtirok etib keladi. 2014 yilda Belarusning Mogilyov shahrida o‘tkazilgan “Zolotaya pchyolka” bolalar va o‘smirlar festivalida akademik ijro yo‘nalishida g‘olib bo‘lgan. O‘tgan yili «Nihol» ko‘rik-tanlovining viloyat bosqichida akademik ijro yo‘nalishi bo‘yicha birinchi o‘rinni egalladi. Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti uni yanada yuksak marralar sari ilhomlantirmoqda. 

photo5307608825509030732.jpg

photo5309944686422633233.jpg

photo5309944686422633234.jpg

1 212
Hotam Mamadaliev (surat), O‘zA