O‘zA O`zbek

02.05.2018 19:22 Chop etish versiyasi

Isroillik ijodkorlar tuhfasi

Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston davlat akademik Katta teatrida bo‘lib o‘tayotgan I xalqaro balet san’ati festivali doirasida Isroilning “Vertigo dance company” zamonaviy raqs truppasi ijrosida “One, one & one” (“Yakka, yakka va yakka...”) spektakli namoyish qilindi.

Isroilning mazkur zamonaviy raqs ansambli 1992-yilda tashkil etilgan. Ansambl dastlab ushbu davlatdagi ijodiy festivallarda, keyinchalik esa jahon miqyosidagi festival va tanlovlarda, yirik musiqiy tadbirlarda muvaffaqiyatli ishtirok eta boshlagan.

– Toshkentda o‘tayotgan xalqaro balet san’ati festivali o‘zaro fikr va tajriba almashish uchun qulay imkoniyatdir, – deydi ushbu jamoaning asoschilaridan biri Noa xonim Vertxeym. – Bo‘lib o‘tayotgan mahorat saboqlarida yoshlaringizning san’atga mehri, o‘rganish, izlanish yo‘lida tinim bilmasligi seziladi. Ushbu teatr misolida yurtingizda san’at rivojiga ko‘rsatilayotgan mehr va e’tiborni his etish mumkin.

Isroillik ijodkorlar tomonidan taqdim etilgan spektaklda insonning ruhiy dunyosidagi evrilishlar yakkayu yagona maqsad – ma’naviy barkamollik sari intilishi betakror raqslar vositasida aks ettirilgan.

Nazokat Usmonova, O‘zA
3 019