Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

02.03.2017 16:07 Chop etish versiyasi

«Isnod» badiiy filmining taqdimoti bo‘lib o‘tdi

Poytaxtimizning Alisher Navoiy nomidagi Kino saroyida «Isnod» badiiy filmining taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

Unda film ijodkorlari, san’atshunos olimlar, talaba-yoshlar hamda jurnalistlar ishtirok etdi.

Film "O‘zbekkino" milliy agentligi buyurtmasiga asosan “O‘zbekfilm” kinostudiyasi tomonidan suratga olingan.

Odam savdosi asrimizning global muammolaridan. Kinokartinada sodda qizlarni aldab, chet ellarga sotib yuborish holatlari telejurnalist Jamilaning sa’y-harakatlari samarasida fosh etiladi. Film qahramonlari taqdiri har birimizni, ayniqsa, ota-onalarni sergaklikka chorlaydi.

Ssenariy muallifi hamda postanovkachi rejissyorlar – Rixsivoy Muhammadjonov, Abduvohid G‘aniyev. Filmdagi asosiy rollarni Dilnoza Kubayeva, Shohrux Hamdamov, Bahora Arslonova, Shahzoda Matchonova, Ra’no Shodiyeva, Feruza Mustafoyeva ijro etgan.

Taqdimotda ishtirokchilarning savollariga ijodkorlar javob qaytardi.

Mohigul Qosimova, O‘zA
1 565






Все о погоде - Pogoda.uz