O‘zA O`zbek

11.10.2019 Chop etish versiyasi

Indoneziyada o‘zbek tili tobora ommaviylashmoqda

Indoneziyada o‘zbek tili tobora ommaviylashmoqda

O‘zbekistonning Indoneziyadagi elchixonasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasining “Davlat tili to‘g‘risida”gi Qonuni qabul qilinganiga 30 yil to‘lishi munosabati bilan amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar doirasida Jakarta shahridagi 178-o‘rta maktabda O‘zbek tili va madaniyati kuni o‘tkazildi.

Qariyb 4 soat davom etgan mazkur tadbirda maktabning 800 nafarga yaqin o‘quvchisi, shuningdek, mamlakat ta’lim vazirligi mas’ul xodimlari, OAV xodimlari ishtirok etdi.

Barcha o‘quvchilar jo‘r bo‘lib, O‘zbekiston madhiyasini ijro etgani anjumanning eng hayajonli voqeasi bo‘ldi.

Darslar yakunida O‘zbekiston haqidagi viktorina savollariga to‘g‘ri javob bergan o‘g‘il-qizlarga qimmatbaho sovg‘alar taqdim etildi.

Eslatib o‘tish joiz, yaqinda Jakarta shahridagi “Polyglot Indonesia” o‘quv klubida ham O‘zbek tili va madaniyati o‘rganila boshlangandi. “Polyglot Indonesia” klubi tashkilotchilarining aytishicha, o‘zbek tili sinfiga juda ko‘p o‘quvchi to‘plangan. Odatda, ushbu o‘quv markazida har bir darsni ko‘pi bilan 35-40 kishi tinglaydi. O‘zbek tili mashg‘ulotlarida esa xohlovchilar soni 70 dan oshib ketmoqda. Bu Indoneziyada o‘zbek tiliga qiziqish juda yuqori ekanligidan darak beradi.

3 878
O‘zA