O‘zA O`zbek

22.07.2020 Chop etish versiyasi

Imom Buxoriy xalqaro markazi xodimlari Bulgʻor islom akademiyasi talabalariga dars beradi

Imom Buxoriy xalqaro markazi xodimlari Bulgʻor islom akademiyasi talabalariga dars beradi

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi va Tatariston Respublikasining Bulgʻor islom akademiyasi olimlari oʻrtasida on-layn muloqot oʻtkazildi.

Markaz matbuot xizmatining xabariga koʻra, suhbat chogʻida Oʻzbekistondagi talaba yoshlarni Bulgʻor islom akademiyasi magistratura va doktorantura bosqichiga jalb qilish, ilmiy xodimlar va talabalarning ikki tomonlama malaka oshirishini yoʻlga qoʻyish, ilmiy-tadqiqot ishlarini hamkorlikda amalga oshirish masalalari muhokama etildi. Shuningdek, markaz professor va doktorlarini Bulgʻor islom akademiyasi ilmiy kengashi tarkibiga kiritish hamda doktorant va magistrantlarga ilmiy rahbarlikka tayinlash, Movarounnahr allomalarining hayoti va ilmiy merosiga doir onlayn seminar va konferensiyalar tashkil qilish, tomonlar ilmiy jurnallarida maqolalar almashish boʻyicha ham kelishuvlarga erishildi.

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi tomonidan 2021-yildan eʼtiboran taʼsis etilishi rejalashtirilayotgan “Imom Buxoriy xalqaro stipendiyasi”ga akademiya tadqiqotchilarini jalb qilish va markaz ilmiy xodimlarining akademiyaga talabalariga mahorat darslari oʻtishi va maʼruzalar oʻqishi yuzasidan ham fikr almashildi.

Eslatib oʻtamiz, 2019-yilning 29-avgustda Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi va Tatariston Respublikasining Bulgʻor islom akademiyasi oʻrtasida hamkorlikka oid anglashuv memorandum imzolangan.

17 497
Gʻ.HASANOV, OʻzA