Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

15.02.2017 19:25 Chop etish versiyasi

Ilm-ma’rifat, san’at homiylari

Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutida Alisher Navoiy hamda Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludi kunlariga bag‘ishlangan ma’rifiy kecha bo‘lib o‘tdi.

Tadbirga navoiyshunos olimlar, pedagoglar, rassom va hunarmandlar, talaba-yoshlar taklif etildi.

Institut prorektori D.Rahmatullayeva va boshqalar buyuk ajdodlarimizning boy ma’naviy merosi jahon adabiy, ilmiy-ma’rifiy taraqqiyotida alohida ahamiyat kasb etishi bilan birga yoshlarni vatanparvarlik, milliy istiqlol g‘oyalariga sadoqat, ibratli an’analarimizga hurmat ruhida kamol toptirishda muhim omil bo‘layotganini ta’kidladi.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan yosh avlod ma’naviyatini yuksaltirish, kitobxonlik madaniyatini yanada oshirish, milliy adabiyotimizga e’tibor va g‘amxo‘rlik borasida amalga oshirilayotgan sa’y-harakatlar alloma bobolarimiz merosini chuqur o‘rganishda yangi bosqichni boshlab berdi.

Navoiy va Bobur so‘z san’ati bilan birgalikda falsafa, tasviriy san’at, xattotlik, kitobat san’ati, me’morlik, shaharsozlik ravnaqiga, el-yurt ma’murligi, farovonligiga katta hissa qo‘shgan. Qalam ahli bilan birga rassomlar, usta va hunarmandlar, olimlar, bilimga chanqoq yoshlarni moddiy va ma’naviy qo‘llab-quvvatlash, ilm o‘rganish yo‘lidagi intilishlarini rag‘batlantirishga alohida e’tibor qaratgan. O‘z davrining yetuk san’atkorlari, musavvir va xattotlari kabi Behzodning ijodiy kamolotida ham Alisher Navoiyning ma’naviy ko‘magi muhim ahamiyatga egadir. Bu jihatlar shoir bobolarimiz qoldirgan ijodiy meros, tarixiy manbalardan yaxshi ma’lum.

Kechada Navoiy va Bobur ijodiy merosining boy va betakrorligi, asarlarida ulug‘langan g‘oyalarning tarbiyaviy ahamiyati xususida so‘z yuritildi. Institut pedagog-rassomlari va talaba-yoshlarning tarixiy mavzudagi asarlaridan iborat badiiy ko‘rgazma tashkil etildi.

Nazokat Usmonova, O‘zA
3 091






Все о погоде - Pogoda.uz