O‘zA O`zbek

30.10.2019 Chop etish versiyasi

Ilk bor O‘zbekiston Kinofotofono hujjatlari milliy arxivida saqlanayotgan noyob kinohujjatlar namoyish etiladi

Ilk bor O‘zbekiston Kinofotofono hujjatlari milliy arxivida saqlanayotgan noyob kinohujjatlar namoyish etiladi

Shu yilning 1-3 noyabr kunlari Alisher Navoiy nomidagi kino saroyida “O‘zbekkino” milliy agentligi, “O‘zarxiv” agentligi hamda O‘zbekiston Kinofotofono hujjatlari milliy arxivi hamkorligida O‘zbekistonda davlat arxivlari tizimi tashkil topganligining 100 yilligiga bag‘ishlab “Kino – o‘chmas xotira” nomli kinofestival o‘tkaziladi.

Anjuman O‘zbekiston milliy arxivi fondidagi noyob kino va fotohujjatlar orqali vatanimiz hamda kino tarixini keng ommaga tanishtirishni o‘z oldiga maqsad qilgan. Kinofestival davomida O‘zbekiston Kinofotofono hujjatlari milliy arxivida saqlanayotgan noyob kinohujjatlar namoyish etiladi.

Ular orasida Hamidulla Akbarov muallifligida suratga olingan “Xudoybergan Devonov”(1970 y), rejissyor Ali Hamroevning “Toshkent jasorati” (1975 y) va 1959 yil ishlangan “Qo‘shiqlar uchadi” kabi noyob hujjatli filmlar bor.

Kinofestivalning tantanali ochilish marosimi 2019 yil 1 noyabr kuni soat 18.00 da Alisher Navoiy nomidagi kino saroyida bo‘lib o‘tadi.



693
O‘zA