O‘zA O`zbek

17.02.2019 Chop etish versiyasi

Ikki buyuk siymo ardoqlandi

Ikki buyuk siymo ardoqlandi

Buxoro shahridagi 28-umumtaʼlim maktabida joriy yilning 6 fevralidan 16 fevraliga qadar Adabiyot oʻn kunligi oʻtkazildi.

Oʻn kunlik davomida A.Navoiy va Bobur ijodiga bagʻishlangan tadbirlar, tanlovlar tashkil etildi. Oʻquvchilar tomonidan bukletlar, devoriy gazetalar tayyorlandi. “Navoiy izdoshlari”, “Bobur – shoh va shoir” mavzuida insholar tanlovi oʻtkazildi.

Eng quvonarlisi tadbirlar doirasida tashkil etilgan ochiq darsda, navoiyxonlik, boburxonlik kechalari va gʻazalxonlik musobaqalarida oʻquvchi yoshlar faol ishtirok etdi.

Dildora Gʻafforova,
Buxoro shahridagi 28-umumtaʼlim maktabi oʻqituvchisi

1 726
OʻzA