Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

13.09.2017 17:03 Chop etish versiyasi

Ijodiy mavsum "Layli va Majnun" musiqali dramasi bilan boshlandi

Qashqadaryo viloyati musiqali drama teatri jamoasi 85-ijodiy mavsumini "Layli va Majnun" musiqali dramasi bilan boshladi.

Teatr ijodiy jamoasi, faxriylar, adiblar, madaniyat va san’at namoyandalari, ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etgan tadbirda mamlakatimizda teatr san’atini rivojlantirish, ijodkorlarni qo‘llab-quvvatlash, mumtoz an’analarni asrab-avaylash va keng targ‘ib etishga alohida e’tibor qaratilayotgani ta’kidlandi. Viloyat musiqali drama teatri ijodiy jamoasi ham bu imkoniyatlardan yanada ruhlanib, yangi asarlar ustida izlanmoqda.

– Teatrimizda sahnalashtirilgan ilk asar – bu “Halima” spektaklidir, – deydi viloyat musiqali drama teatri direktori O‘tkir Mahmatqulov. – Unda bosh rolni iste’dodli aktrisa Zaynab Samiyeva ijro etgan. Bu dargohda turli yillarda Farog‘at Rahmatova, Ikroma Boltayeva, Sur’at Po‘latov, Sharif Qobilov, Muhtarama Nosirova singari milliy teatrimiz darg‘alari, el sevgan san’atkorlar ijod qilgan.

Viloyat musiqali drama teatri jamoasi joriy mavsumni repertuaridagi sara asarlardan biri – “Layli va Majnun” musiqali dramasi bilan boshladi. Mazkur spektakl viloyat teatrida ilk marotaba 1940-yillarda sahnalashtirilgan. 2008-yilda esa O.Xo‘jaquliyev asarga sayqal berib, qayta sahnalashtirdi. 2012-yilda ijodiy jamoa “Layli va Majnun” musiqali dramasi bilan xalqaro teatr festivalida munosib taqdirlandi.

O‘lmas Barotov, O‘zA
639






Все о погоде - Pogoda.uz