Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

06.09.2017 19:09 Chop etish versiyasi

"Ichan qal’a” davlat muzey-qo‘riqxonasida “Raqs sehri” xalqaro festivali o‘tkaziladi

Xalqimizning o‘ziga xos betakror raqs san’atini butun dunyoda keng namoyish etish va Xorazmda “Art” turizmini rivojlantirish maqsadida 7-9-sentabr kunlari "Ichan qal’a” davlat muzey-qo‘riqxonasida “Raqs sehri” xalqaro festivali o‘tkaziladi.

Unda mamlakatimizning turli hududlaridan raqs guruhlari, ansambllar, bir qator xorijiy davlat san’atkorlari ishtirok etadi.

Festival doirasida raqs ustalari tomonidan turli master- klasslar, ijodiy uchrashuvlar, folklor guruhlari va ansambllarining chiqishlari, animatsion shoular, sahnalashtirilgan tomoshalar, qo‘g‘irchoq teatrlari tomoshalari, hunarmandlar ko‘rgazmasi, milliy taomlar va milliy liboslar ko‘rgazmasi, milliy xalq o‘yinlari bo‘yicha musobaqalar, tasviriy va amaliy san’at ko‘rgazmasi hamda “O‘zbekiston raqs san’ati tarixi” fotoko‘rgazmasi tashkil etiladi.

Ahmadjon Shokirov, O‘zA
2 196






Все о погоде - Pogoda.uz