O‘zA O`zbek

12.09.2019 Chop etish versiyasi

Hunarmandchilik bo‘yicha onlayn-ensiklopediya taqdimoti

Hunarmandchilik bo‘yicha onlayn-ensiklopediya taqdimoti

Xalqaro hunarmandchilik festivali doirasida “Osiyo-Tinch okeani mintaqasidagi hunarlarning onlayn-ensiklopediyasi (ATP). An’anaviy qo‘l mehnati buyumlari” loyihasining taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Respublika Savdo sanoat palatasi raisi A. Ikromov, Jahon hunarmandlar kengashining Osiyo-Tinch okeani mintaqasi bo‘yicha prezidenti Gada Kaddumi xonim so‘zga chiqib mazkur festival keng miqyosdagi do‘stlik va hamjihatlik anjumani ekanini ta’kidladi. 

Mazkur onlayn-ensiklopediyada Osiyo-Tinch okeani mintaqasidagi 50 ta davlatning o‘ziga xos hunarmandchiligi haqida ma’lumotlar o‘rin olgan. Loyihaga doktor Gada Kaddumi rahbarlik qilgan bo‘lib, unda turli hunarlarning o‘ziga xos tarixi va bugungi rivojlanishi xususida so‘z yuritiladi.

- Bu loyihani ishlab chiqishda mening tashabbusim va g‘ayratim, qolaversa, jahon hunarmandlar kengashining insoniyat madaniy merosining muhim qismini boyitish, mustahkamlash va ommalashtirishga doir maqsad va vazifalarini amalga oshirish yo‘lidagi xizmat burchim taqozo etdi, - deydi Gada Kaddumi. - Umid qilamanki, ushbu loyiha pirovardida tarmoqlar yaratilishiga olib keladigan madaniy tafovutlarni anglash imkonini beradi. Bu esa madaniyatlararo muloqotni mustahkamlash hamda xalqlarga bir-birini tanish va qabul qilish, shu tariqa do‘stlik, hamjihatlik va tinchlik o‘rnatilishiga zamin yaratadi.

Taqdimotda Farg‘ona viloyati hokimi Sh. G‘aniev so‘zga chiqdi.

5 632
M. Sulaymonov, O‘zA