O‘zA O`zbek

09.07.2019 Chop etish versiyasi

Hujjatli film olishga oid trening

Hujjatli film olishga oid trening

O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida YuNESKOning O‘zbekistondagi vakolatxonasi, Fransiya elchixonasi hamkorligida kinematografiyaning yosh mutaxassislari uchun hujjatli filmlar ishlashga oid trening o‘tkazildi.

Mazkur treningni tashkil etishdan asosiy maqsad, ayni yo‘nalishda faoliyat yuritayotgan yosh mutaxassislar, talabalar va sohaga qiziquvchilarning zamonaviy texnologiyalar asosida yuqori sifatli hujjatli filmlar olish borasidagi bilimlarini mustahkamlashdan iborat. Unda ishtirok etgan fransiyalik mutaxassislar ikki mamlakat o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlik ko‘plab sohalar qatori kino bilan ham bog‘liqligini qayd etdi. Bu juda quvonarli hodisa ekani, hamkorlik samarali natijalarga olib kelishini ta’kidladi.

– Yurtimizda bu borada ko‘plab amaliy ishlar qilinmoqda, – deydi O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti kafedra mudiri Iqbol Meliqo‘ziev. – Bu kabi tadbirlar biz, mutaxassislar uchun ham, yoshlar uchun ham mahorat maydoni bo‘lib xizmat qiladi. Bundan tashqari bu kabi hamkorlik, o‘zaro fikr, tajriba almashish o‘z ijobiy samarasini beradi.

684
O‘zA