Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

07.03.2017 17:00 Chop etish versiyasi

Go‘zallik va nafosat bayrami

Poytaxtimizda Yashnobod tumani hokimligi tashabbusi bilan «Ayol borki, olam munavvar» deb nomlangan tadbir o‘tkazildi.

8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan tashkil etilgan tadbirga faol ayollar, faxriy onaxonlar hamda iqtidorli qizlar taklif etildi.

Yashnobod tumani hokimi F.Hakimov va boshqalar yurtimiz ayollari, qizlarining oila va ijtimoiy hayotdagi o‘rni tobora yuksalib, ishlab chiqarish, ilm-fan, tadbirkorlik, hunarmandlik, san’at va sport sohalarida ulkan yutuqlarga erishayotganini ta’kidladi.

– Aholimizning turmush tarzi yildan-yilga tobora yaxshilanib borayotgani xotin-qizlar salomatligida o‘z aksini topmoqda, – deydi shifokor Zuhra Ubaydullayeva. – Ayol uchun tinch va farovon yurtda yashash, oila va jamiyat e’zozida bo‘lishu, sog‘lom farzandlarni kamolga yetkazishdan ortiq baxt yo‘q.

Turli sohalarda samarali mehnat qilayotgan xotin-qizlarga esdalik sovg‘alari topshirildi. Vatanni, onani, ayolni madh etuvchi kuy-qo‘shiqlar ishtirokchilarga quvonch ulashdi.

Mohigul Qosimova, O‘zA
2 966






Все о погоде - Pogoda.uz