Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

03.02.2017 21:10 Chop etish versiyasi

Ezgulik navolari

Ezgulik navolari Toshkentdagi xalqaro Vestminster universitetida bo‘lib o‘tgan xayriya konserti shunday nomlandi.

An’anaviy tarzda o‘tkazib kelinayotgan mazkur xayriya tadbiriga diplomatik korpus vakillari, o‘qituvchilar, talabalar va ommaviy axborot xodimlari taklif etildi.

Universitet rektori K.Karimov, prorektor A.Frans va boshqalar O‘zbekistonda barkamol avlodning o‘sib-ulg‘ayishi, har tomonlama mustahkam bilim olishi uchun yaratilgan qulayliklar ularning iqtidor va salohiyatini namoyon etishida muhim omil bo‘layotganini ta’kidladi.

Mazkur oliy ta’lim muassasasi Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov tashabbusi bilan 2002-yilda tashkil etilgan. Markaziy Osiyoda xalqaro toifadagi akkreditatsiyadan birinchi bo‘lib o‘tgan mazkur universitetni o‘tgan yillar mobaynida 2 ming 200 dan ortiq talaba tamomladi. Ayni kunda bu yerda talabalarga xalqaro mezonlarga mos ravishda biznes boshqaruvi, biznesda axborot tizimlari, iqtisodiyot kabi sohalar bo‘yicha ta’lim berilmoqda.

– Bilim dargohimizda BMTning Taraqqiyot dasturi, Osiyo rivojlanish banki, Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti, Iqtisodiy tadqiqotlar markazi va boshqa hamkorlar bilan birgalikda ilmiy-amaliy seminarlar tashkil etiladi, – deydi universitetning marketing bo‘limi xodimi Nazokat Qayumova. – Bu esa universitetimizda xalqaro talab darajasida bilim berish barobarida yurtimiz ravnaqi uchun katta ahamiyatga ega bo‘lgan ilmiy tadqiqotlar olib borishda ham muhim asos bo‘lmoqda.

Universitetda ta’lim jarayonini yuqori darajada tashkil etish bilan birga talabalar dunyoqarashini kengaytirish, ma’naviyatini yuksaltirishga qaratilgan turli tadbirlar, davra suhbatlari va uchrashuvlarni o‘tkazishga alohida e’tibor berib kelinmoqda.

Konsertda Vatan, istiqlol, tinchlik-osoyishtalik va farovon hayotimizni tarannum etuvchi kuy-qo‘shiqlar yangradi.

Nasiba Ziyodullayeva, Temur Mamadaminov (surat), O‘zA
653






Все о погоде - Pogoda.uz