O‘zA O`zbek

04.04.2019 Chop etish versiyasi

Ertakmonand Bobotog‘ qishlog‘ida islohotlar boshlangan

Ertakmonand Bobotog‘ qishlog‘ida islohotlar boshlangan


Surxondaryo viloyati Uzun tumanida Tojikistonning Hisor tumani bilan chegaradosh bo‘lgan ertakmonand Bobotog‘ qishlog‘i bor. Bu yerda “tog‘ bolalari” yashaydi. Ular iqtidorli, ilmga, ma’rifatga tashna. Lekin qishloqning geografik joylashuvi sababmi aksariyat yoshlari hatto tuman markaziga ham qatnolmaydi. Ular islohotlarni o‘zlaricha anglaydi, o‘zlaricha kelajagi uchun rejalar tuzadi va turmushini yaxshilashga intiladi.

Prezidentimiz 3 aprel kuni yoshlar ta’lim-tarbiyasi uchun qo‘shimcha sharoitlar yaratish, xotin-qizlar bandligini ta’minlashga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni o‘z ichiga olgan 5 ta tashabbusni amaliyotga joriy qilish masalasida yig‘ilish o‘tkazayotgan bir paytda Termiz shahri markazidan 250 kilometr uzoqlikdagi ushbu chekka va tog‘li hudud – Bobotog‘ qishlog‘ida yirik festifal boshlangandi.

photo_2019-04-03_22-41-02.jpg

Hududdagi iqtidorli yoshlarni kashf etish, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, iste’dodlarini ro‘yobga chiqarish maqsadida Yoshlar ittifoqi tashabbusi bilan o‘tkazilgan festival ovozasi 12 mingdan ortiq qishloq aholisini birdek quvontirib yubordi. 

photo_2019-04-03_22-41-08.jpg

– Festival doirasida o‘g‘il-qizlar o‘rtasida yugurish marafoni, hududdagi 4 ta mahalla yoshlari ishtirokida futbol birinchiligi musobaqasi tashkil etildi. Qishloq aholisi bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi. “Kitob ma’naviyat bulog‘i” nomli ma’naviyat kechasi, “Bittagina kitob oling” shoiri ostida arzonlashtirilgan kitob yarmarkasi uyushtirildi, – deydi O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Uzun tumani kengashi raisi Feruzjon Qodirov. – “Oqmachit” mahallasidagi ijtimoiy himoyaga muhtoj yoshlar holidan xabar olindi.

Без названия (2).jpg

Kun davomida musobaqalar loyihalarga, loyihalar aksiyalarga ulandi. Iqtidorli yoshlar o‘zlari bezagan sahnada iqtidorlarini namoyish etdi. Yoshlar quvondi, birlashdi, ota-onalarning qalbida shukronalik hissi jo‘sh urdi.

photo_2019-04-03_22-41-51.jpg

– Erta tongdan mahallamiz markaziy ko‘chasining 3 km masofasida tashkil etilgan sportning yugurish turi bo‘yicha “Yoshlar marafoni”da qatnashib, faxrli 1-o‘rinni ko‘lga kiritdim. Tengdoshlarimiz ishtirokidagi bunday tadbirlarni televizor orqali ko‘rardik. Mana o‘zimizning qishloqda ham ana shunday loyihalar o‘tkazildi. Tengdoshlarimizga badiiy kitoblar, g‘oliblarga diplomlar, esdalik sovg‘alari topshirildi. G‘amxo‘rlik uchun Yurtboshimizdan minnatdormiz. Kelgusida qishlog‘imizni rivojlantirish yo‘lida o‘qiymiz, izlanamiz, – deydi “Oqmachit” mahallasi sportsevar yoshlaridan biri Omonullo Safarov.

photo_2019-04-04_09-27-00.jpg

Bobotog‘ qishlog‘idagi 7 ta umumta’lim maktabi, 1 ta kasb-hunar kollejida yoshlarning ta’lim-tarbiya olishi uchun kerakli sharoitlar yaratilgan. Ularda 3 mingga yaqin o‘quvchi tahsil oladi. Hali oldinda qishloq aholisining 6,5 ming nafardan ortig‘ini tashkil etuvchi yoshlar uchun tadbirkorlikni rivojlantirish, yangi ish o‘rinlari yaratish, imtiyozli kreditlar ajratish singari bir talay vazifalar turibdi.

photo_2019-04-04_09-27-03.jpg

Inchunun, qishloqlarda ham rivojlanish boshlangan. Bobotog‘lik yoshlarning kelajakdan umidi katta. Ular islohotlarning ijrochisi va ishtirokchisi ekanliklarini yaxshi anglaydi.

Darvoqe, festival Bobotog‘ qishlog‘i aholisi ayniqsa, yoshlari hayotida munosib iz qoldirdi.


2 013
Mohigul Qosimova, O‘zA