Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

14.02.2017 12:20 Chop etish versiyasi

Ellikqal’a tumanida “Bobur asarlari bilimdoni” tanlovi o‘tkazildi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi​ Ellikqal’a tumanida Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 534-yilligiga bag‘ishlab “Bobur asarlari bilimdoni” tanlovi o‘tkazildi.

Tuman hokimligi, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati tuman kengashi, Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi xalqaro jamoat fondining Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘limi tomonidan tashkil etilgan tanlovning yakuniy bosqichida Bobur asarlarining 36 bilimdoni ishtirok etdi.

– Yuksak ma’naviyat, burch va adolat, ezgulik va mardlik kabi mavzular tarannum etilgan Bobur asarlari yoshlarni har tomonlama barkamol shaxs sifatida tarbiyalashda muhim ahamiyatga ega, – deydi “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati tuman kengashi raisi J.Boltayev. – Tuman miqyosida o‘tkazilgan tanlovning quyi bosqichlarida umumta’lim maktablari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlarining 360 dan ortiq o‘quvchisi faol ishtirok etdi. Ular orasida Boburning ruboiy va g‘azallarini yod olgan, “Boburnoma” asaridagi tarix, geografiya, etnografiyaga oid ma’lumotlarni, temuriylar va boburiylar sulolasini to‘liq biladigan yoshlar borligi tahsinga loyiq.

Akademik litsey va kasb-hunar kollejlari o‘quvchilari o‘rtasidagi tanlovda Bo‘ston akademik litseyi o‘quvchisi G.Reyimboyeva birinchi o‘rinni egalladi. Ikkinchi o‘rin Ellikqal’a tibbiyot kolleji o‘quvchisi S.Boltaboyevaga, uchinchi o‘rin Bo‘ston ijtimoiy-iqtisodiyot kasb-hunar kolleji o‘quvchisi R.Yusupovga nasib etdi.

Umumta’lim maktablari o‘quvchilari o‘rtasida 4-davlat ixtisoslashtirilgan maktabi o‘quvchisi E.Qultasova birinchi o‘ringa loyiq topildi. 22-umumta’lim maktabi o‘quvchisi S.To‘xtaboyeva ikkinchi, 34-umumta’lim maktabi o‘quvchisi M.O‘rozboyeva uchinchi o‘rinni egalladi.

G‘oliblar diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Aminboy Ortiqboyev, O‘zA
1 234






Все о погоде - Pogoda.uz