O‘zA O`zbek

19.04.2019 Chop etish versiyasi

Dunyoning sharif shaharlarini bilasizmi?

Dunyoning sharif shaharlarini bilasizmi?

O‘rta asrlarda jahondagi 7 shaharga diniy markaz sifatida shuhrat qozonganliklari uchun “Sharif” unvoni berilgan.

Ular bilan tanishing!

photo5316669265178373191.jpg

MAKKA (arab. Ummul-Quro, Ummul-Madoin — shaharlar onasi) — Saudiya Arabistonining g‘arbiy qismidagi shahar, Qizil dengizdan 70 km. uzoqlikda joylashgan. Hijoz viloyatining ma’muriy markazi. Makka qadimiy shahar, asos solingan yili noma’lum.

Dastlab Zamzam bulog‘i atrofida aholi turar joylari paydo bo‘lgan. Makka ilk bor Ptolemey asarlarida Makoraba deb qayd etilgan.

Mil. avv. 2-1 ming yilliklarda Makka arab qabilalari uchun muqaddas joy hisoblangan. Islom paydo bo‘lishidan avval Sharq bilan O‘rta dengiz bo‘yi davlatlari o‘rtasidagi savdoda muhim o‘rin tutgan. MakkadagiAl-Masjid al-harom va Baytulloh al-harom-Ka’ba musulmonlar uchun muqaddas ziyoratgoh. Makka aholisi, asosan, hajga kelganlarga xizmat ko‘rsatish, ibodat qiluvchilar uchun diniy buyumlar (maxsus kiyimlar, ya’ni ehrom, tasbeh, atirlar, Zamzam suvi uchun idishlar) tayyorlash bilan shug‘ullanadi. 

photo5318940551258679964.jpg

MADINA (arab, nomi — Madinat Rasulilloh yoki Madinat un-Nabi payg‘ambar shahri) — Saudiya Arabistonidagi shahar, mamlakatning g‘arbiy qismida, Hijoz viloyatida, Qizil dengizdan 250 km. Sharqdagi vohada joylashgan. Shaharga asos solingan vaqt ma’lumemas.

Shahar Madinai-Munavvara — Nurafshon shahar, al-Islom, Qalb al-Islom, Dor al-Islom, Dor as-Sunna kabi 95 dan ortiq nom bilan ulug‘lanadi. 

Qadimda Yasrib (Yatrib) deb atalgan. Ptolemey o‘z “Geografiya”sida bu shaharni “Yatrippa”, vizantiyalik Stefan esa “Yatrippa polis” deb bergan. 

Yasrib nomi bilan u Qur’oni karimda ham qayd qilinadi. Asrlar davomida Madina o‘z ahamiyatini saqlab kelmoqda. Qur’oni karimning eng katta suralari (Baqara, Oli-Imron, Niso, Moida va b.) Madinada nozil bo‘lgan. 

photo5316669265178373192.jpg

MOZORI ShARIF — Afg‘onistonning shimoliyqismidagi shahar. Balx viloyatining ma’muriy markazi. Balx vohasida. O‘rta asrda Mozori Sharif o‘rnida kichik Xayr qishlog‘i (keyinchalik Xo‘ja-Xayron) bo‘lgan.

Naqlga ko‘ra, bu yerga hazrat Ali dafn etilgan. 1481-82 yillarda u yerga maqbara (fors, mozori sharif — muqaddas mozor; shahar nomi shundan) qurilgach, ziyoratgohga aylangan. 

Mozori Sharif Baqtriya iqtisodiy geografik markazining yirik hunarmandchilik, savdo-sanoat shahri va transport yo‘llari punkti. Hunarmandchilikda shoyi va ip-gazlama, do‘ppi, uy-ro‘zg‘or buyumlari tayyorlanadi. 

Shaharda qorako‘l teri, jun, don, meva, yong‘oq va ko‘ncharim bilan savdo qilinadi. Mozori Sharifdan janubi G‘arbda yirik oltingugurt koni bor. 

photo5318940551258679965.jpg

BAG‘DOD — Iroqning poytaxti (1921).

Bag‘dod muhofazasining ma’muriy markazi. Dajla daryosining

har ikki sohilida, Markaziy va Janubiy Osiyo hamda O‘rta dengiz mamlakatlarini birlashtirib turuvchi yo‘llar chorrahasida joylashgan. Mamlakatning eng katta shahri. Bag‘dodda arablar (aksariyat), kurd, arman,turk, yahudiy va forslar yashaydi. 

Bag‘dodni 762 y. xalifa Mansur (754 — 775) Madinat as-Salom (Tinchlik shahri) nomi bilan bino qilib, Abbosiylar xalifaligi poytaxtiga aylantirgan. Bag‘dod etimologiyasi to‘g‘risida bir necha rivoyatlar bo‘lib, shulardan eng ko‘p tarqalgani: Bog‘i Dod (Dodning bog‘i) va But (sanam) tuhfasi. 9 asrda Bag‘dod hunarmandchilik, savdo va o‘rta asr Sharq madaniyatining markazi bo‘lgan. 

photo5318940551258679966.jpg

QUDDUS, Ierusalim (arab. Al-Quds, qad. Yahudiy tilida Ierushalaim) — Falastindagi shahar, O‘lik dengizning g‘arbidagi chala cho‘lli yassi tog‘likda joylashgan. Transport yo‘llari chorrahasi. Sanoat, savdo-transport va madaniyat markazi. To‘qimachilik, ko‘n-poyabzal, metallsozlik, farmasevtika, poligrafiya, radiotexnika sanoati korxonalari mavjud. Olmosga ishlov beriladi. Hunarmandchilik rivojlangan. Quddus — musulmon, yahudiy va xristianlarda “muqaddas shahar” hisoblanadi.

photo5318940551258679967.jpg

DAMAShQ (arab.— Dimishq; tarixiy nomlari — Shom, Damaskus) — SuriyaArab Respublikasining poytaxt shahri. Damashq muhofazasining ma’muriy markazi. Barada daryosi vodiysida, 690 m balandlikda joylashgan. Qadimda Misr, Falastin, Iroq, Arabiston yarim oroliga karvon yo‘llari Damashq orqali o‘tgan. Damashqning besh ming yildan ortiq tarixi bor. Qadimda u Timaski, Temasgi, Dimaska, Karanaski deb ham yuritilgan. O‘rta asr tarixchilari uni “Dunyo jannati”, “Shar jannati” deb atashgan.

photo5316669265178373193.jpg

BUXOROYI ShARIF (Sharofatli Buxoro) — qad. Buxoroning keng tarqalgan nomlaridan biri.

Buxoro qadimdan turli nomlar bilan atalib kelingan. Ayniqsa,Arab xalifaligi va somoniylar davrida shahar yuksalgan. Buxoroning nomlaridan “Foxira” (“Faxrli shahar”) atamasi Narshaxiynint ta’rifi bo‘yicha islom dinining barqarorligi yo‘lida qon to‘kkan shahidlar sharafiga nisbat qilib berilgan. 

Shahar islomni targ‘ib qilish va qaror toptirish yo‘lida ham muhim rol o‘ynagan. Buxorodan islomiyat va hadis ilmlarining yirik targ‘ibotchilari va tasnifchilari (Imom Buxoriy va b.) yetishib chiqdi. Buxoroning islom dini, musulmon axloqi, madaniyati va huquqshunosligining Sharqdagi kuchli markazlaridan biriga aylanishi tufayli unga 9 asr boshlaridayoq “Qubbat ul-islom” — “Islom dinining gumbazi” degan sifat ham beriladi. 

5 382
Bahromova Nozima O‘zA