Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

03.02.2017 17:11 Chop etish versiyasi

Do‘stlik va hamjihatlik tarannumi

Do‘stlik va hamjihatlik tarannumi Farg‘onada “O‘zbekiston – umumiy uyimiz” shiori ostida do‘stlik va madaniyat festivali bo‘lib o‘tdi.

Viloyatdagi milliy madaniy markazlar, davlat va jamoat tashkilotlari, keng jamoatchilik vakillari ishtirok etgan tadbirda Farg‘ona viloyati hokimi o‘rinbosari Q.Imomov va boshqalar Birinchi Prezidentimiz rahnamoligida yosh avlodning har tomonlama barkamol ulg‘ayishi yo‘lida yaratilgan keng sharoit va imkoniyatlar yuksak samaralar berayotganini ta’kidladi. Yurtimizda milliy qadriyatlarni asrab-avaylash, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglik muhitini yanada mustahkamlashga qaratilayotgan alohida e’tibor navqiron avlodni Vatanga muhabbat, istiqlol g‘oyalariga sadoqat ruhida tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Viloyatda turli millat va elat vakillari Konstitutsiyamizda belgilab qo‘yilgan huquq va imkoniyatlardan keng foydalangan holda, totuvlik va hamjihatlik muhitida yashab, mamlakatimiz taraqqiyoti va xalqimiz farovonligi yo‘lida sidqidildan mehnat qilmoqda. Ularning o‘z ona tilida bilim olishi, milliy san’ati va an’analarini davom ettirishi uchun barcha sharoit yaratilgan. "O‘zbekiston – umumiy uyimiz", "Shu aziz Vatan – barchamizniki!", "Yagona va ahil oilada" mavzularida do‘stlik festivallari, ijodiy tanlovlar, foto va badiiy ko‘rgazmalar o‘tkazilmoqda.

– O‘zbekiston barchamiz uchun yagona, aziz va muqaddas Vatandir, – deydi “Shuhrat” medali sohibi, viloyat qirg‘iz milliy madaniy markazining "Suluv qiz" ansambli badiiy rahbari Nortoji Xalibayeva. – O‘zbekistonda istiqomat qilayotgan barcha millat vakillarining maqsadi bitta, u ham bo‘lsa, Vatanimiz tinchligi va ravnaqiga kamarbasta bo‘lishdir. Mana shunday hur va ozod diyorda yashayotganimizdan faxrlanamiz. Markazimiz qoshida tashkil etilgan ansambl milliy qadriyat va an’analarni targ‘ib etish ishiga munosib hissa qo‘shib kelmoqda.

Tadbir doirasida viloyat milliy madaniy markazlari faoliyatiga bag‘ishlangan ko‘rgazmalar namoyish etildi. Badiiy jamoalarning tinchlik, vatanparvarlik, do‘stlik va bag‘rikenglikni tarannum etuvchi kuy-qo‘shiqlari yangradi.

Ma’sudjon Sulaymonov, Muqimjon Qodirov (surat), O‘zA
769






Все о погоде - Pogoda.uz