O‘zA O`zbek

29.02.2020 Chop etish versiyasi

Davlat mukofotlari egalariga beriladigan pul miqdori oʻzgaradi

Davlat mukofotlari egalariga beriladigan pul miqdori oʻzgaradi


Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining “Oʻzbekistonda orden va medallari bilan bir yoʻla toʻlanadigan pul mukofotlarini toʻlashga doir buyruqqa qoʻshimcha kiritishi toʻgʻrisida“gi qaror loyihasi eʼlon qilindi.

Hujjatga asosan endilikda bir yoʻla toʻlanadigan pul mukofotlari quyidagi miqdorlarda boʻlishi kutilmoqda:

“Mustaqillik” ordeni bilan mukofotlangan shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining yetmish besh baravari miqdorida;

“Amir Temur” ordeni bilan mukofotlangan shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining yetmish baravari miqdorida;

“Jaloliddin Manguberdi” ordeni bilan mukofotlangan shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining oltmish besh baravari miqdorida;

“Buyuk xizmatlari uchun” ordeni bilan mukofotlangan shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining oltmish baravari miqdorida;

“El-yurt hurmati” ordeni bilan mukofotlangan shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravari miqdorida;

Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti sovrindorlarga bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravari miqdorida;

“Mard oʻgʻlon” Davlat mukofoti sovrindorlarga bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravari miqdorida;

“Fidokorona xizmatlari” ordeni bilan mukofotlangan shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining qirq besh baravari miqdorida;

“Mehnat Shuhrati” ordeni bilan mukofotlangan shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining qirq baravari miqdorida;

1-darajali “Sogʻlom avlod uchun” ordeni bilan mukofotlangan shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining qirq baravari miqdorida;

2-darajali “Sogʻlom avlod uchun” ordeni bilan mukofotlangan shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravari miqdorida;

1-darajali “Shon-sharaf” ordeni bilan mukofotlangan shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining qirq baravari miqdorida;

2-darajali “Shon-sharaf” ordeni bilan mukofotlangan shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravari miqdorida;

“Doʻstlik” ordeni bilan mukofotlangan shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining oʻttiz baravari miqdorida;

“Mardlik” ordeni bilan mukofotlangan shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining oʻn besh baravari miqdorida;

“Sodiq xizmatlari uchun” medali bilan mukofotlangan shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining oʻn baravari miqdorida toʻlanadi.

“Kelajak bunyodkori” medali bilan mukofotlangan shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining oʻn baravari miqdorida;

“Jasorat” medali bilan mukofotlangan shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining oʻn baravari miqdorida;

“Shuhrat” medali bilan mukofotlangan shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravari miqdorida toʻlanadi.

Shuningdek belgilanishicha, mukofot oluvchining nomiga yozib berilgan hisob-kitob cheklari ularni ordenlar va medallar bilan mukofotlangan hamda Zulfiya nomidagi va “Mard oʻgʻlon” davlat mukofotlari berilgan shaxslarga topshirishni tashkillashtirish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining Davlat mukofotlar va geraldika shuʼbasiga qaytariladi.


4 612
O'zA