Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

07.09.2017 18:35 Chop etish versiyasi

Chizgilarda hayot talqini

Chizgilarda hayot talqini Taniqli rassom Aleksandr Volkov XX asr o‘zbek tasviriy san’atining yetuk namoyandalaridan. Sharq va G‘arb uslublari uyg‘unligida yaratgan “Karvonlar”, “Sandalda”, “Arava”, “Raqs” kabi asarlaridagi falsafiy talqin, o‘y-xayollar ifodasi o‘ziga xosligi bilan qimmatlidir.

Aleksandr Volkov 1886-yil Farg‘onada harbiy vrach oilasida tug‘ilgan. Rassomlikka ishtiyoqi baland bo‘lgan Aleksandr yetakchi oliy o‘quv yurtlarida ta’lim olgan. 1919-1929-yillarda O‘zbekiston davlat san’at muzeyi direktori vazifasida ishlab, muzey faoliyatini takomillashtirish va fondini boyitishga munosib hissa qo‘shgan.

O‘zbekiston davlat san’at muzeyida Muzeylar haftaligi doirasida ochilgan navbatdagi ko‘rgazma rassom Aleksandr Volkov hayoti va ijodiga, u qoldirgan turkum asarlari namoyishiga bag‘ishlandi.

– Rassomning “Shohi Zinda”, “Bibixonim”, “Qishloqda bahor”, “Uloq” kabi asarlari bizga manzur bo‘ldi, – deydi Toshkent avtomobil yo‘llarini loyihalashtirish, qurish va foydalanish instituti talabasi Javohir Ernazarov.

Keng jamoatchilik vakillari taklif etilgan ko‘rgazma ochilishida so‘z olganlar taniqli rassom Aleksandr Volkov asarlari yosh ijodkorlar uchun katta maktab vazifasini o‘tayotganini qayd etdi.

Nasiba Ziyodullayeva, Oqil G‘ulomov (surat), O‘zA
2 330






Все о погоде - Pogoda.uz