Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

09.02.2017 17:27 Chop etish versiyasi

Buyuk shoirga ehtirom

O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi Toshkent shahar kengashi tomonidan “Alisher Navoiy – Sharqning buyuk shoiri, mutafakkiri, davlat arbobi” mavzuida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

Unda partiyaning «Yoshlar qanoti» faollari, shoir va yozuvchilar, navoiyshunos olimlar, professor-o‘qituvchilar, talaba-yoshlar, ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.

Shoir tavalludining 576-yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan adabiy kechada mustaqillik yillarida ulug‘ ajdodlarimiz nomlari qayta tiklanib, ularning boy ma’naviy merosini haqqoniy o‘rganish va targ‘ib etish borasida ulkan ishlar amalga oshirilgani ta’kidlandi. Prezidentimiz rahnamoligida izchil davom ettirilayotgan mazkur ezgu ishlar milliy ma’naviyatimizni yanada yuksaltirib, yosh avlodning komil inson bo‘lib ulg‘ayishiga xizmat qilayotir.

Alisher Navoiyning serqirra ijodi asrlar mobaynida insoniyatni ezgulikka, hamjihatlikka, ilm-ma’rifatga chorlab, xalqimiz uchun cheksiz faxr-iftixor timsoli bo‘lib kelmoqda.

– Navoiy bobomizning ijodiy xazinasi bitmas-tuganmas ummon yanglig‘ bugungi kunda ham yurtimiz va jahon olimlari, tadqiqotchilar tomonidan o‘rganilib, o‘nlab tillarga tarjima qilinib, turkum ilmiy asarlar, monografiyalar, risolalar nashr etilmoqda, – deydi universitet talabasi Charos Ahmedova. – Zero, uning qudratli hayotbaxsh she’riyati butun taraqqiyparvar insoniyatning boyligi bo‘lib qolaveradi.

Tadbirda shoirning bunyodkorlik ishlari, el-yurt farovonligi yo‘lida ko‘rsatgan jonbozliklari haqida ham fikr yuritilib, bu xalqimiz uchun ulkan iftixor hamda avlodlarga yuksak namuna ekanligi alohida qayd etildi.

Tadbirda Navoiy ijodidan parchalar o‘qilib, talabalar ijrosida sahna ko‘rinishi namoyish etildi.

Mohigul Qosimova, O‘zA
1 096






Все о погоде - Pogoda.uz