O‘zA O`zbek

10.10.2018 Chop etish versiyasi

Buxoro kashtachiligi anʼanalari

Buxoro kashtachiligi anʼanalari

Buxoro kashtachilik maktabi uzoq tarixga ega boʻlib, u asrlar davomida sayqallanib kelmoqda.

Oʻz uslubiga ega buxorolik kashtadoʻzlar tomonidan bezak berib ishlangan soʻzana, kirpech, dorpech, zardevor, palak va doʻppilar har qanday kishini beixtiyor oʻziga maftun etadi.

Buxoro kashtachilik maktabida oʻsimliksimon novdalar, bodom, anor va turli guldasta shakli tushirilgan naqshlar koʻp uchraydi. Ushbu naqshlar baxt, muhabbat, yaxshilik, totuvlik kabi chuqur falsafiy maʼnolarni oʻzida mujassam etadi. Kashtalar koʻproq yoʻrma chok bilan tikiladi. Kashta bilan zeb berilgan buyumlarga ayniqsa, xorijlik sayyohlar katta qiziqish bildirmoqda.

5.JPG

8.JPG

10.JPG

15.JPG

18.JPG

19.JPG

20.JPG

22.JPG

6 370
Tohir Istatov (surat), OʻzA