O‘zA O`zbek

09.07.2019 Chop etish versiyasi

Bugun tug‘ilgan kun

Bugun tug‘ilgan kun


9 iyul

“O‘zpaxtasanoat” aksiyadorlik jamiyati boshqaruv raisi Alisher Maqsudov 1974 yil 9 iyulda Toshkent shahrida tavallud topgan.

U 1996 yil Toshkent To‘qimachilik va yengil sanoati institutini, 2003 yil Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini tamomlagan.

Alisher Maqsudov mehnat faoliyati davomida mas’ul lavozimlarda ishlagan. Xususan, 2014-2015 yillarda O‘zbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiya va savdo vazirining o‘rinbosari, 2015-2017 yillarda “O‘zpaxtasanoateksport” xolding kompaniyasi boshqaruvi raisining birinchi o‘rinbosari lavozimlarida ishlagan.

Alisher Maqsudov “O‘zpaxtasanoat” aksiyadorlik jamiyati boshqaruv raisi vazifasida 2017 yildan buyon ishlab kelmoqda.

***

PS: Saytimizda tashkil etilgan “Bugun tug‘ilgan kun” loyihasida turli sohalarda mamlakatimiz ravnaqiga o‘z hissasini qo‘shayotgan insonlar, davlat va jamoat arboblari, akademiklar, el sevgan ijodkorlar hamda kasbi, tanlagan yo‘lida yuqori natijalarga erishayotgan vatandoshlarimizning tug‘ilgan kunlari esga olinadi.

Mazkur ruknga oid fikr-mulohazalaringiz, taklif yoki qo‘shimchalaringiz bo‘lsa, quyidagi manzillarga murojaat qilishingiz mumkin.

Telegram: @UzA_pochta
E-mail: pochta@uza.uz, uzauz@yandex.ru
Telefon: (71) 233-42-84, (71) 233-21-37

Saytimizni kuzatib boring!


827
O‘zA